Samsung NQ 50 H 5533 KS/WT [229/240] Avtomatik tez muzdan tushirish yo riqnomasi

Samsung NQ 50 H 5533 KS/WT [229/240] Avtomatik tez muzdan tushirish yo riqnomasi
O'zbek - 49
04 PECHDAN FOYDALANISH
Avtomatik tez muzdan tushirish yo'riqnomasi
Quyida keltirilgan jadvalda avto muzdan tushirish rejimining turli dasturlari, mahsulot hajmi,
ushlab turish vaqti va tegishli tavsiyalar keltirilgan. Bu dasturlar mikroto'lqin energiyasidan
foydalanadi. Muzdan tushirishdan avval o'rama materiallarini olib tashlang.
Go'sht, parranda go'shti va baliqni keramik patnisga qo'ying.
Rqm
Oziq-ovqat
mahsuloti
Vazn
(kg)
Aksessuar
Tokcha
qavati
Tavsiya
d:01 Go'sht 0,2-1,5 Keramik patnis 1 Chetlarini alyuminiy folga bilan yoping.
Pech tovushli signal berganida go'shtni
aylantiring. Ushbu dastur mol go'shti,
qo'y go'shti, cho'chqa go'shti,
bifshtekslar, to'qmoqlangan go'sht,
qiymani muzdan tushirish uchun
mo'ljallangan.
d:02 Parranda 0,2-1,5 Keramik patnis 1 Oyoqlari va qanotlarining uchini
alyuminiy folga bilan yoping. Pech
tovushli signal berganida parranda
go'shtini aylantiring. Siz tovuqni ham
butunligicha, ham bo'laklar ko'rinishida
muzdan tushirishingiz mumkin.
d:03 Baliq 0,2-1,5 Keramik patnis 1 Butun baliqning dumini alyuminiy folga
bilan yoping. Pech tovushli signal
berganida baliqni aylantiring. Ushbu
dastur baliqni ham butunligicha, ham
baliq filesining bo'laklari ko'rinishida
muzdan tushirish uchun mo'ljallangan.
d:04 Non/Pirog 0,1-0,8 Keramik patnis 1 Nonni oshxona qog'ozi bo'lagiga
joylashtiring va tovushli signal bo'lishi
bilan ag'daring. Pirogni sopol patnisga
joylashtiring va iloji bo'lsa, tovushli
signal chiqishi bilan ag'daring. (Pech
ishlashda davom etadi va eshikcha
ochilishi bilan to'xtaydi). Bu dastur
barcha turdagi kesilgan yoki butun
nonlar hamda bulochkalar va fransuz
batonlari uchun mos keladi. Aylana
shaklda joylashtiring. Bu dastur barcha
turdagi achitqili pishiriqlar, biskvitlar,
tvorogli pudding, qatlamli xamirdan
qilingan mahsulotlar uchun mos keladi.
U yog'li pishiriqlar, mevali tortlar va
kremli tortlar hamda shokolad qiyomli
tortlar uchun to'g'ri kelmaydi.
d:05 Meva 0,1-0,6 Keramik patnis 1 Muzlatilgan mevalarni keramik patnisga
tekis yoying. Bu dastur malina, aralash
mevalar va tropik mevalar uchun mos
keladi.
Tez muzdan tushirish rejimi taomni isitish uchun faqat mikroto'lqin energiyasidan
foydalanadi. Shu sababli bu rejimda ishlayotganda idish va boshqa mikroto'lqin
xavfsizligiga oid ko'rsatmalarga qat'iy amal qilish lozim.
NQ50H5533KS_WT_DE68-04306L-00_UZ.indd 49 2014-10-16  4:16:05

Содержание

Похожие устройства