Samsung NQ 50 H 5533 KS/WT [201/240] Isitish turlari

Samsung NQ 50 H 5533 KS/WT [201/240] Isitish turlari
O'zbek - 21
04 PECHDAN FOYDALANISH
pechdan foydalanish
ISITISH TURLARI
Quyidagi jadvalda pechda mavjud turli isitish rejimlari va sozlamalari keltirilgan.
Retseptlaringiz uchun mos rejim va sozlamalarni bilish uchun Tayyorlash yo'riqnomalariga qarang.
Mikroto'lqin rejimi
Taomlarni pishirish va isitish uchun mikroto'lqin energiyasi ishlatiladi.
U taomning shakli va rangini o'zgartirmagan holda tez va samarali pishiradi.
Turli taomlar uchun quvvat darajasi va tayyorlash vaqti qo'lda qo'yiladi.
Pech rejimi
Konveksiya
Taom pechning orqa tomonidan keladigan issiq havo yordamida isitiladi.
Bu sozlama umumiy isitishga mos keladi va pishirish uchun eng ma'quli.
Tavsiya qilingan harorat: 180 °C
Gril
Taom yuqoridagi isituvchi element yordamida isitiladi.
Tavsiya qilingan harorat: 220 °C
Kombi-funksiyalar
Mikroto'lqin + Gril
Bu funksiya isitish va qizartirish kerak bo'lgan (masalan, pishirilgan
makaron mahsulotlari) hamda yuqorisini qizartirish uchun ozgina
tayyorlash vaqti talab qilinadigan mahsulotlar uchun mos keladi.
Bu rejimdan yana tepasida tillarang qarsillovchi qatlamli taomlarning
(masalan, tovuq bo'laklari) qalin porsiyalarini tayyorlash uchun ham
foydalanish mumkin.
Mikroto'lqin + Konveksiya
Bu funksiya har qanday go'sht va parranda go'shti hamda pishiriqlar va
qirilgan pishloqli taomlar, biskvitlar va mevali yengil kekslar, shirinliklar,
qovurilgan sabzavotlar, non va non mahsulotlariga mos keladi.
Avtomatik funksiyalar
Avto menyu rejimi
Sizga qulay bo'lishi uchun oldindan kiritilgan 15 ta avtomatik tayyorlash
sozlamasidan birini tanlash mumkin. Vaqt va harorat avtomatik
tarzda qo'yiladi. Siz dasturni va taom vaznini tanlab, avto tayyorlashni
boshlasangiz bas. (Avto menyu rejimida displeyda ‘A’ paydo bo'ladi)
Sabzavot rejimi
Sizga qulay bo'lishi uchun oldindan kiritilgan 10 ta avtomatik tayyorlash
sozlamasidan birini tanlash mumkin. Vaqt va harorat avtomatik
tarzda qo'yiladi. Siz dasturni va taom vaznini tanlab, tez tayyorlashni
boshlasangiz bas. (Sabzavot rejimida displeyda ‘U’ paydo bo'ladi)
NQ50H5533KS_WT_DE68-04306L-00_UZ.indd 21 2014-10-16  4:16:01

Содержание

Похожие устройства