Samsung NQ 50 H 5533 KS/WT [192/240] Mikroto lqinli pechni saqlash va ta mirlash

Samsung NQ 50 H 5533 KS/WT [192/240] Mikroto lqinli pechni saqlash va ta mirlash
MIKROTO'LQINLI PECHNI SAQLASH VA TA'MIRLASH
Mikroto'lqinli pechni o'rnatishda va unga xizmat ko'rsatishda bir
nechta oddiy ehtiyot choralari ko'rilishi lozim.
Agar pechning eshigi va eshik zichlagichlari shikastlangan bo'lsa, uni
ishlatish mumkin emas:
Halqalari singan bo'lsa
Zichlagich yemirilgan bo'lsa
Pech qoplamasi deformatsiyalangan yoki bukilgan bo'lsa
Pechni ta'mirlash ishlari faqat mikroto'lqinli pechlar bo'yicha malakali
mutaxassis tomonidan bajarilishi kerak.
HECH QACHON pechning tashqi qoplamasini yechib olmang.
Agar pech nosoz bo'lsa va ta'mirlash talab etilsa yoki sizni uning
holati shubhalantirsa:
Uni tarmoq rozetkasidan uzib qo'ying
Yaqinroqda joylashgan xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling
Agar pechingizni vaqtinchalik saqlashga olib qo'ymoqchi
bo'lsangiz, unda quruq va changsiz joyni tanlang.
Sababi : Chang va namlik pechning ishchi qismlariga zararli ta'sir
ko'rsatishi mumkin.
Bu mikroto'lqinli pech tijorat maqsadlarida foydalanish uchun
mo'ljallanmagan.
Xavfsizlikni ta'minlash maqsadlarida lampochka malakaga ega
bo'lmagan shaxs tomonidan almashtirilmasligi kerak.
Lampochka malakali muhandis tomonidan almashtirib berilishi
uchun o’zingizga yaqin joylashgan vakolatli Samsung xaridorlarga
xizmat ko’rsatish markaziga murojaat qiling.
OGOHLANTIRISH
Mikroto'lqinli pechni har qanday o'zgartirish yoki ta'mirlash ishlari faqat malakali
mutaxassis tomonidan bajarilishi kerak.
Germetik konteynerlardagi suyuqliklar va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini mikroto'lqin
funksiyasida isitmang.
Xavfsizlikni ta'minlash uchun bu jihozni suv oqimi yoki yuqori bosim ostidagi bug' bilan
tozalamang.
Qurilmani issiqlik manbalari, tez yonuvchan materiallarga yaqin joylar, namlik, yog'li
yoki chang xonalar, to'g'ridan-to'g'ri tushuvchi quyosh nurlari yoki suv ta'siri ostidagi
joylar hamda maishiy gaz chiqib ketishi mumkin bo'lgan joylar va notekis sirtlarga
o'rnatmang.
O'zbek - 12
NQ50H5533KS_WT_DE68-04306L-00_UZ.indd 12 2014-10-16  4:15:55

Содержание

Похожие устройства