Samsung NQ 50 H 5533 KS/WT [193/240] O zbek 13

Samsung NQ 50 H 5533 KS/WT [193/240] O zbek 13
Qurilmani mahalliy va davlat talablariga muvofiq yerga to'g'ri ulash kerak.
Chang va suv kabi begona moddalarni ketkazish uchun elektr manbaiga ulash
kabelining vilkasi va aloqa joylarini muntazam ravishda quruq latta bilan artib turing.
Elektr manbaiga ulash kabelini tortmang, bukmang va uning ustiga og'ir buyumlarni
qo'ymang.
Gaz (propan, siqilgan gaz va b.) chiqish holatlari yuz berganda darhol xonani
shamollating va elektr manbaiga ulash kabeliga tegmang.
Elektr manbaiga ulash kabeli vilkasiga ho'l qo'lingiz bilan tegmang.
Qurilma yoqilgan vaqtda elektr manbaiga ulash kabeli vilkasini rozetkadan uzmang.
Barmoq yoki boshqa buyumlarni tiqmang. Agar qurilma ichiga suv yoki boshqa
begona modda kirib qolgan bo'lsa, elektr manbaiga ulash kabelini uzing va yaqinroqda
joylashgan xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling.
Qurilmaga ortiqcha jismoniy bosim ko'rsatmang yoki turtmang.
Pechni mo'rt buyumlar, masalan, oshxona rakovinasi yoki shisha buyumlar ustiga
qo'ymang.
Qurilmani tozalash uchun benzol, erituvchilar, spirt, bug'tozalagich yoki yuqori bosimli
tozalagichlardan foydalanmang.
Elektr tarmog'idagi kuchlanish, chastota va tok kuchining qurilmaning texnik
xususiyatlariga mosligiga ishonch hosil qiling.
Elektr tarmog'iga ulash kabeli vilkasini rozetkaga mahkam tiqing. Bir nechta vilkalarga
ega bo'lgan o'tkazgich, uzaytirgich yoki transformatordan foydalanmang.
Elektr manbaiga ulash kabelini metall buyumlarga osmang, uni buyumlar orasiga
qo'ymang va pechning orqasi orqali o'tkazmang.
Tarmoq rozetkasiga ulanmagan shikastlangan vilka yoki elektr manbaiga ulash
kabelidan foydalanmang. Vilka yoki elektr manbaiga ulash kabeli shikastlangan
hollarda yaqinroqdagi xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling.
Bevosita pechga suv quymang yoki sepmang.
Pech ustiga, ichiga va eshigiga hech qanday buyumlarni qo'ymang.
Pech yuzasiga uchuvchan moddalar, masalan, insektitsidlarni sepmang.
Pechda tez yonuvchan materiallarni saqlamang. Tarkibida spirt bo'lgan taomlar va
ichimliklarni isitishda ayniqsa ehtiyot bo'ling, chunki spirt bug'lari pechning isitilgan
qismariga tegib ketishi mumkin.
Eshikchani ochayotgan yoki yopayotganda bolalarni pechga yaqinlashishlariga yo'l
qo'ymang, chunki ular o'zlarini eshikchaga urib olishlari yoki barmoqlarini eshikchaga
qisib olishlari mumkin.
OgOhlantirish: Ichimlik solingan sig'imlarni pechda isitish sekinlashtirilgan kuchli
qaynashga olib kelishi mumkin, shuning uchun bunday holatning oldini olish uchun
bunday sig'imlar bilan muomala qilishda ehtiyot choralarini ko'rish kerak; Bunday
holatni oldini olish uchun haroratning tenglashishiga imkon berish maqsadida pech
o'chganidan keyin DOIMO kamida 20 soniyacha kuting. Zarur bo'lgan hollarda
suyuqlikni aralashtiring va isitilgandan keyin uni DOIMO aralashtiring.
Kuyib qolganda BIRINCHI YORDAM ko'rsatish bo'yicha quyidagi harakatlarni bajaring:
Kuygan joyni kamida 10 daqiqa sovuq suvga botirib turing.
Unga toza quruq lattani bog'lang.
Hech qanday krem, moy yoki los'on surtmang.
O'zbek - 13
01 xAvfSIzLIK TO'G'RISIDA mA'LumOTLAR
NQ50H5533KS_WT_DE68-04306L-00_UZ.indd 13 2014-10-16  4:15:58

Содержание

Похожие устройства