Samsung NQ 50 H 5533 KS/WT [194/240] Diqqat

Samsung NQ 50 H 5533 KS/WT [194/240] Diqqat
Tayyorlagandan keyin bir vaqt o'tgandan keyinroq patnis yoki taglikni suvga solmang,
chunki bu patnis yoki taglikning shikastlanishiga olib kelishi mumkin.
Mikroto'lqinli pechdan yogʼni yaxshilab qovurish uchun foydalanmang, chunki yog'
haroratini boshqarib bo'lmay qolishi mumkin. Bu qaynoq suyuqlikning to'satdan yonib
ketishiga olib kelishi mumkin.
DIQQAT
Faqat mikroto'lqinli pechlarga mos keluvchi idishlardan foydalaning; Metalldan
yasalgan konteynerlar, oltin yoki kumush qoplangan oshxona idishlari, shampurlar,
vilkalar kabilardan FOYDALANMANG.
O'ralgan o'tkazgichni qog'oz yoki plastik qadog'idan oling.
Sababi: Elektr yoyi yoki uchqun hosil bo'lishi, bu esa pechning shikastlanishiga olib
kelishi mumkin.
Qog'oz yoki kiyimlarni quritish uchun mikroto'lqinli pechdan foydalanmang.
Oz miqdordagi taomlarni isitishda taomning ortiqcha isib ketishi yoki buzilishini oldini
olish uchun vaqtni qisqartiring.
Elektr manbaiga ulash kabeli va vilkasini suvga botirilishiga yo'l qo'ymang va kabelni
issiqlik manbalaridan uzoqroq joylashtiring.
Butun tuxum va qotirib pishirilgan tuxumni mikroto'lqinli pechda isitib bo'lmaydi, chunki
ular hattoki isitish jarayoni tugagandan keyin ham mikroto'lqinli pech ichida portlab
ketishlari mumkin; Shuningdek, germetik yopilgan butilka, banka, konteynerlar, butun
yong'oq, pomidor kabilarni isitish mumkin emas.
Havo almashish tirqishlarini mato yoki qog'oz bilan yopib qo'ymang. Bu materiallar
pechdan chiqayotgan issiq havo ta'sirida yonib ketishi mumkin. Pech ortiqcha qizib
ketishi va avtomatik o'chib qolishi mumkin va u yetarli darajada sovuginicha o'chiq
holda qoladi.
Tasodifiy kuyishning oldini olish uchun idishlarni pechdan olishda doimo qo'lqoplardan
foydalaning.
Suyuqlikni isitish vaqtida va undan keyin aralashtiring va kuchli qaynashning oldini olish
uchun pech o'chganidan keyin kamida 20 soniya kuting.
Eshikchani ochganda issiq havo yoki bug'dan kuyib qolishning oldini olish uchun
pechdan uzatilgan qo'l masofasida turish kerak.
Bo'sh mikroto'lqinli pechni yoqmang. Xavfsizlikni ta'minlash maqsadida mikroto'lqinli
pech 30 daqiqadan keyin avtomatik ravishda o'chadi. Pech tasodifan yoqilgan hollarda
mikroto'lqinlarni yutishi uchun uning ichiga bir stakan suvni joylashtirish tavsiya qilinadi.
Bu qo'llanmada ko'rsatilgan oraliqlarga asoslangan holda pechni o'rnating.
("Mikroto'lqinli pechni o'rnatish" bo'limiga qarang.)
Boshqa elektr jihozlarini pechga yaqin joylashgan rozetkalarga ulashda ehtiyot
choralariga amal qiling.
MIKROTO'LQINLAR ORTIQCHA QUVVATLARINING EHTIMOLIY TA'SIRINI OLDINI
OLISH BO'YICHA EHTIYOTKOR CHORALARI. (FAQAT MIKROTO'LQIN FUNKSIYASI)
Quyidagi ehtiyot choralariga amal qilmaslik mikroto'lqinli nurlanishning organizmingizga zararli ta'siriga olib kelishi mumkin.
(a) Har qanday holatda ham eshikchasi ochiq turgan pechni ishlatishga urinmang, blokirovka qiluvchi
kontaktlarni (eshikcha qulfi)ni buzmang yoki blokirovka qiluvchi kontaktlarning tirqishlariga biror narsa
tiqmang.
(b) Pech eshikchasi va old panel orasiga hech qanday predmetni QO'YMANG, zichlovchi yuzalarda ovqat
qoldiqlari yoki tozalash vositalarining cho'kindilari to'planishiga yo'l qo'ymang. Pechdan foydalangandan
soʼng eshikcha va uning zichlovchi yuzasini oldin ho'l, keyin esa yumshoq quruq latta bilan artgan holda,
tozalikda saqlang.
O'zbek - 14
NQ50H5533KS_WT_DE68-04306L-00_UZ.indd 14 2014-10-16  4:15:59

Содержание

Похожие устройства