Samsung NQ 50 H 5533 KS/WT [191/240] Mikroto lqinli pechni tozalash

Samsung NQ 50 H 5533 KS/WT [191/240] Mikroto lqinli pechni tozalash
MIKROTO'LQINLI PECHNI TOZALASH
Mikroto'lqinli pechingizda yog'li kirlar va ovqat zarrachalari
to'planishining oldini olish uchun uning quyidagi qismlarini
muntazam tozalab turish kerak:
Pechning ichki va tashqi yuzalari
Pech eshikchasi va eshikcha zichlagichlari
Aylanuvchi patnis va rolikli taglik
(Faqat aylanuvchi patnisli modellar)
DOIM eshikcha zichlagichlarini toza saqlang va eshikchaning
zich yopilishini nazorat qiling.
Pechni toza holatda saqlamaslik uning sirtining buzilishiga olib
kelishi mumkin, bu esa qurilmaning xizmat qilish muddatiga
salbiy ta'sir ko'rsatadi va xavfli holatlarga olib kelishi mumkin.
1. Pechning tashqi yuzalarini yumshoq latta va iliq sovunli suv bilan
tozalang. Chaying va arting.
2. Pechning ichki yuzalaridagi dog'larni sovunli suvda ho'llangan
latta bilan arting. Chaying va arting.
3. Qotib qolgan ovqat zarralarini yumshatish va hidlarni yo'q qilish
uchun limon sharbatiga suv qo'shilgan chashkani aylanuvchi
patnisga qo'ying va oʼn daqiqa davomida quvvatning maksimal
darajasida isiting.
4. Aylanuvchi patnisni zaruratga qarab yuving.
Ventilyatsiya tirqishlariga suv TUSHIRMANG. HECH QACHON
abraziv mahsulotlar yoki kimyoviy erituvchilardan foydalanmang.
Zarrachalarning qolmaganligiga ishonch hosil qilish uchun eshik
zichlagichlarini tozalaganda alohida e'tibor bering:
Ularda ovqat zarrachalari to'planib qolmasligiga
Eshikning normal yopilishiga xalaqit bermasligiga alohida
e'tibor qarating
Har bir foydalanishdan keyin kamerani yumshoq yuvish vositasi
eritmasi bilan tozalang, biroq kuyib qolmaslik uchun avval pech
sovishini kuting.
Kameraning yuqori qismini tozalaganda pechni
45° pastga qaratib tozalash qulaydir.
(Faqat sving tipidagi qizdirgichli modellar uchun)
O'zbek - 11
01 xAvfSIzLIK TO'G'RISIDA mA'LumOTLAR
NQ50H5533KS_WT_DE68-04306L-00_UZ.indd 11 2014-10-16  4:15:54

Содержание

Похожие устройства