Samsung NQ 50 H 5533 KS/WT [211/240] Muzdan tushirish

Samsung NQ 50 H 5533 KS/WT [211/240] Muzdan tushirish
O'zbek - 31
04 pecHDAN fOyDALANISH
Suyuqlik va taomlarni isitish
Jadvalda ko'rsatilgan quvvat darajalari va vaqt oraliqlaridan isitishdagi qo'llanma sifatida foydalaning.
Oziq-ovqat Porsiya Quvvat Vaqt
Ushlab
turish vaqti
(daq)
Ko'rsatma
Ichimlik 250 ml
(1 stakan)
500 ml
(2 stakan)
800 Vt 1½-2
2-3
1-2 Sopol idishga quying va qopqog'ini
yopmagan holda isiting. Piyolani keramik
patnisning markaziga joylashtiring. Kutish
vaqtidan avval va keyin aralashtiring.
Sho'rva
(sovutilgan)
250 g 800 Vt 3-4 2-3 Chuqur sopol tarelkaga quying.
Plastmassa qopqoq bilan yoping.
Isitgandan keyin yaxshilab aralashtiring.
Dasturxonga tortishdan avval yana
aralashtiring.
Dimlangan
go'sht
yoki baliq
(sovutilgan)
350 g 600 Vt 5-6 2-3 Chuqur sopol tarelkaga quying.
Plastmassa qopqoq bilan yoping.
Isitgandan keyin yaxshilab aralashtiring.
Dasturxonga tortishdan avval yana
aralashtiring.
Sousli
makaron
mahsulotlari
(sovutilgan)
350 g 600 Vt 5-6 2-3 Chuqur sopol tarelkaga quying.
Plastmassa qopqoq bilan yoping.
Isitgandan keyin yaxshilab aralashtiring.
Dasturxonga tortishdan avval yana
aralashtiring.
Tayyor taom
(sovutilgan)
350 g
450 g
600 Vt 5-6
6-7
3 2-3 ta sovutilgan masalliqlardan qilingan
taomni sopol idishga soling. Mikroto'lqinli
pech uchun mo'ljallangan yopishqoq
plyonka bilan yoping.
Muzdan tushirish
Mikroto'lqinli pechdan foydalanish mahsulotlarni muzdan tushirishning ajoyib usuli hisoblanadi.
Mikroto'lqinlar mahsulotlarni qisqa vaqt ichida ehtiyotlik bilan muzdan tushiradi.
Bu siznikiga kutilmagan mehmonlar kelgan vaqtda ayniqsa juda foydali bo'lishi mumkin.
Muzlatilgan tovuq go'shti taom tayyorlashdan avval to'liq muzdan tushirilishi kerak. Qadoqdan metall
simlarni oling va muzdan tushirish jarayonida hosil bo'luvchi suvning oqib ketishini ta'minlash uchun
muzdan tushirishdan avval tovuqni qadoqdan chiqarib oling.
Muzdan tushirilgan mahsulotlarni ustini yopmagan holda idishga soling. Muzdan tushirish vaqtining
yarmi o'tgandan keyin ularni ag'daring, eritish vaqtida suyuqlik hosil bo'lgan bo'lsa, to'king va imkoni
boricha ichak-chovoqlarini chiqarib tashlang. Ularning iliq bo'lmaganligiga ishonch hosil qilish uchun
mahsulotlarni vaqti-vaqti bilan tekshirib turing. Agar mahsulotning kichik va oriq qismlari qizib keta
boshlasa, ushbu qismlarni muzdan tushirish vaqtida kichik tekis alyumin folgalarga o'ragan holda
ularni to'sib qo'yish mumkin.
Agar tovuqning tashqi yuzasi qizib keta boshlasa, TO'XTATISH/BEKOR tugmasini bosing va davom
ettirishdan avval 20 daqiqa kuting. Muzdan tushirishni to'liq nihoyasiga yetkazish uchun baliq, go'sht
va tovuqni bir oz shundoq qoldiring. To'liq muzdan tushirish uchun kutish vaqti muzdan tushirilayotgan
mahsulotlarning miqdoriga bog'liq holda har xil bo'lishi mumkin. Keyingi sahifadagi jadvalga qarang.
Maslahat: Yupqa mahsulotlar qalinlariga qaraganda yaxshiroq muzdan tushadi va kam miqdordagi
mahsulotlar ko'plariga qaraganda tezroq muzdan tushadi.
Bu maslahatni mahsulotlarni muzlatish va muzdan tushirishda yodda tuting.
Harorati -18 °C dan -20 °C gacha bo'lgan muzlatilgan mahsulotlarni muzdan tushirishda quyidagi
jadvalga amal qiling.
NQ50H5533KS_WT_DE68-04306L-00_UZ.indd 31 2014-10-16  4:16:02

Содержание

Похожие устройства