Samsung ge 83 krw-2 [126/160] Mikroto lqinli pechni o rnatish

Samsung ge 83 krw-2 [126/160] Mikroto lqinli pechni o rnatish
O'zbek - 6
MIKROTO'LQINLI PECHNI O'RNATISH
Pechni poldan taxminan 85 sm balandlikda yassi tekis
yuzaga o'rnating. Yuza pechning og'irligini xavfsiz
darajada ko'tarishi uchun yetarlicha mustahkam bo'lishi
kerak.
1. Pechni o'rnatish paytida, pechning orqa
va yon devorlari uchun kamida
10сек (10 son)m (4 dyuym), ustki
qopqog'i uchun 20 sm (8 dyuym)
joy qoldirish bilan pech uchun normal ventilyatsiya
borligiga ishonch hosil qiling.
2. Pechning ichidagi barcha o'rama materiallarni chiqarib
oling.
3. Rolikli taglik va aylanuvchi patnisni o'rnating.
Patnis erkin aylanayotganligini tekshiring.
(Faqat aylanuvchi patnisga ega bo’lgan modellar)
4. Ushbu pech elektr manbaiga ulash vilkasidan osongina
foydalanish mumkin bo'lgan tarzda joylashtirilishi kerak.
Agar elektr kabeli shikastlangan bo'lsa, u ishlab
chiqaruvchi, uning xizmat ko'rsatish bo'yicha vakolatli
agenti yoki o'xshash malakali shaxslar tomonidan
almashtirilishi kerak. Shaxsiy xavfsizligingiz uchun
elektr kabeli vilkasini muvofiq o’zgaruvchan tok
tarmog’ining yerga tutashtirilgan rozetkasiga ulang.
Mikroto'lqinli pechning shishali eshikchasini
tozalash uchun abraziv materiallar yoki o'tkir metall
qirg'ichlardan foydalanmang, chunki ular shisha
yuzasini tirnab qo'yishlari, bu esa oynada darzlar paydo
bo'lishiga olib kelishi mumkin.
Ushbu qurilma tashqi taymer yoki masofadan boshqarish
pulti yordamida ishlatish uchun mo'ljallanmagan.
Ushbu qurilma B sinf 2-guruhga kiruvchi ISM jihozi
hisoblanadi. 2-guruh materiallarni qayta ishlash uchun
elektromagnit nurlanish ko'rinishidagi radiochastotaviy
quvvatlar hosil qiluvchi va shunday quvvatlardan
foydalanuvchi ISM qurilmalar, EDM va yoyli payvandlash
uchun jihozlarni o'z ichiga oladi.
B sinfiga kiruvchi jihozlar uy sharoitlarida va turar-joylar
maqsadlarida foydalaniluvchi binolarni ta'minlovchi past
kuchlanishga ega bo'lgan tarmoqqa to'g'ridan-to'g'ri
ulangan binolarda foydalanish uchun mo'ljallangan.
orqadan
10 sm
yuqoridan
20 sm
yon tomondan
10 sm
poldan
85 sm
GE83K_GE83M_GE83A_DE68-04283A-00_UZ.indd 6 2014-05-30 �� 11:35:31

Содержание

Похожие устройства

Скачать
Случайные обсуждения