Samsung ge 83 krw-2 [153/160] Suyuqliklarni isitish

Samsung ge 83 krw-2 [153/160] Suyuqliklarni isitish
O'zbek - 33
06 TAOM TAYYORLASH BO'YICHA YO'RIQNOMA
Oziq-ovqat Porsiya hajmi Quvvat Vaqt (daq.)
Porey piyozi
250 g 800 Vt 4½-5
Ko'rsatmalar
Porey piyozini mayda qilib to'rg'ang. 3 daqiqa kuting.
Qo'ziqorin
125 g
250 g
800 Vt 1½-2
3-3½
Ko'rsatmalar
Mayda butun va maydalangan qo'ziqorinlarni tayyorlang.
Suv qo'shmang. Limon sharbatini seping. Tuz va murch qo'shing.
Dasturxonga tortishdan avval suyuqlik quying. 3 daqiqa kuting.
Piyoz
250 g 800 Vt 5½-6
Ko'rsatmalar
Piyozni to'rg'ang yoki ko'ndalangiga kesing.
Faqat 15 ml (1 osh qoshiq) sovuq suv qo'shing. 3 daqiqa kuting.
Qalampir
250 g 800 Vt 4½-5
Ko'rsatmalar
Garmdorini mayda qilib to'rg'ang. 3 daqiqa kuting.
Kartoshka
250 g
500 g
800 Vt 4-5
7½-8½
Ko'rsatmalar
Tozalangan kartoshkani torting va taxminan bir xil o'lchamlarda qilib ikkiga
yoki to'rtga bo'ling. 3 daqiqa kuting.
Bryukva
250 g 800 Vt 5-5½
Ko'rsatmalar
Bryukvani mayda qilib to'rg'ang. 3 daqiqa kuting.
TAOMNI ISITISH
Ushbu mikroto'lqinli pechda taomlarni oddiy duxovka yoki oshxona pechiga qaraganda anchagina
tezroq isitish mumkin.
Keyingi sahifadagi jadvalda keltirilgan quvvat darajalari va isitish vaqt oraliqlariga amal qiling. Vaqt
oraliqlari taxminan +18 °C dan +20 °C gacha bo'lgan xona haroratiga ega bo'lgan suyuqliklar va
harorati taxminan +5 °C dan +7 °C gacha bo'lgan sovutilgan mahsulotlar uchun ko'rsatilgan.
Taomlarni joylashtirish va qopqoqdan foydalanish
Yirik ovqatlarni, masalan, go'sht bo'laklarini isitmaslikka harakat qiling - ularni uzoq vaqt isitishga
to'g'ri keladi va chetlari haddan tashqari quruqlashadi. Kichkina bo'laklar anchagina yaxshi isiydi.
Quvvat darajalari va aralashtirish
Ayrim mahsulotlarni 800 Vt quvvatda isitish mumkin bo'lsa, boshqalarini 600 Vt, 450 Vt va hattoki
300 Vt quvvatda isitish kerak bo'ladi.
Qo'shimcha ko'rsatmalar olish uchun jadvalga qarang. Umuman olganda kamroq quvvatda juda
tez isiydigan tansiq taomlar, katta miqdorsdagi taomlar va ovqatlarini isitish qulay (masalan, shirin
piroglar).
Eng yaxshi natijalarga ega bo'lish uchun taomlarni aralashtirib turing yoki isitish vaqtida ag'daring. Iloji
bo'lsa dasturxonga tortishdan avval yana aralashtiring.
Suyuqliklar va bolalarning ovqatlarini isitishda ayniqsa ehtiyot bo'ling. Suyuqlikning qaynab ketishi va
kuyib qolishni oldini olish uchun isitish vaqtida va isitgandan keyin uni aralashtiring. Uni kutish vaqtida
mikroto'lqinli pechda qoldiring. Suyuqlikka plastmassa qoshiq yoki shisha tayoqchani solish tavsiya
qilinadi. Ortiqcha qizib ketishiga yo'l qo'ymang (bunda taom buzilishi mumkin).
Kamroq isitish vaqtini o'rnatish, keyin esa zarur bo'lgan hollarda vaqt qo'shish ma'qulroqdir.
Isitish va kutish vaqti
Mahsulotni ilk marta isitganda buning uchun qancha vaqt ketganligini yozib qo'ying va ushbu
qiymatdan keyinchalik foydalaning.
Taomning to'liq isiganligini albatta tekshiring.
Isitgandan keyin haroratning butun taom bo'ylab tenglashishi uchun biroz kuting.
Agar jadvalda boshqa qiymat ko'rsatilmagan bo'lsa, jadvalda boshqasi tavsiya qilinmagan bo'lsa,
kutish vaqti 2-4 daqiqani tashkil qiladi.
Suyuqliklar va bolalarning ovqatlarini isitishda ayniqsa ehtiyot bo'ling. Yana "Ehtiyot choralari"
bo'limiga qarang.
SUYUQLIKLARNI ISITISH
Suyukliklarning barcha qismlaridagi harorat tenglashishi uchun pech o'chirilgandan keyin kamida
20 soniya kuting. Zarur bo'lgan hollarda suyuqlikni aralashtiring va isitilgandan keyin uni DOIMO
aralashtiring. Suyuqliklarning qaynab ketishi va kuyib qolishni oldini olish uchun ichimlik solingan
stakanga qoshiqcha yoki shisha tayoqcha soling va isitish vaqtida va isitgandan keyin uni
aralashtiring.
GE83K_GE83M_GE83A_DE68-04283A-00_UZ.indd 33 2014-05-30 �� 11:35:51

Содержание

Похожие устройства

Скачать
Случайные обсуждения