Samsung ge 83 krw-2 [141/160] Pechdan foydalanish

Samsung ge 83 krw-2 [141/160] Pechdan foydalanish
O'zbek - 21
04 PECHDAN FOYDALANISH
Kod/Taom Porsiya hajmi Tarkibi
1-13
Qotirilgan tuxum
qo'shilgan
go'shtli rulet
180 g Go'shtli qiyma (mol yoki cho'chqa go'shti) - 150 g,
qotirilgan holda qaynatilgan tuxum - 1 dona,
tuz - 2g, murch-no'xot - 0,5 g
Ko'rsatmalar
Ziravorlarni qo'shing va qo'lda yaxshilab aralashtiring. Qiymani aylana qilib
yoying. Aylana markaziga tuxumni qo'ying. Tuxumni hamma tomonidan
qiyma bilan yoping. Olingan mahsulotga yoysimon shakl bering. Tarelkaga
joylashtiring. Tarelkani gril uchun taglikka qo'ying. Tayyorlashni boshlang.
1-14
Tez pishiriladigan
do'lma
225 g
2 dona
(1) Do'lma
(a) Go'sht qiymasi (mol yoki cho'chqa go'shti)
- 120 g, qaynatib pishirilgan guruch - 25g,
maydalangan karam - 25 g, tuz - 1-2 g,
qalampir-no'xot - 0,5 g
(b) To'g'ralgan piyoz - 30 g, mol go'shtidan
tayyorlangan bulon yoki suvga aralashtirilgan
bulon kubikchasi - 100 ml
(2) Sous uchun aralashma: Un - 5 g, tomat pastasi -
10 g, smetana - 30 g, suv - 50 ml
Ko'rsatmalar
Sabzavotlar va ziravorlarni go'shtga qo'shing va qo'lda yaxshilab aralashtiring
(a). Ikkita oval shaklini yasang. Piyozni chuqur tarelkaga soling. Ustidan
do'lmalarni qo'ying va bulonni qo'shing (b). Tarelkani gril uchun taglikka
qo'ying. Tayyorlashni boshlang. Sous uchun barcha masalliqlarni tayyorlang
(2). Pech tovushli signal berganida aralashmani do'lmali bulonga quying.
Do'lmani aylantiring va tayyorlash jarayonini davom ettiring.
1-15
Kotletlar
114 g
2 dona
(1) Oq non - 10 g, sut - 15 ml
(2) Mol yoki cho'chqa go'shtidan tayyorlangan qiyma
- 120 g, tuz - 2 g, murch - 1 g
(3) Bulash uchun suxari uni - 5 g
Ko'rsatmalar
Nonga sut (1) quying. Qiyma bilan yaxshilab aralashtiring. (2) ziravorlarni
qo'shing. Ikkita kotlet yasang va maydalangan suxari (3) seping.
Tarelkaga joylashtiring. Tayyorlashni boshlang.
Kod/Taom Porsiya hajmi Tarkibi
1-16
Pishirilgan
kartoshka
140-180 g
1-2 dona
Yirik kartoshka - 160-200 g - 1-2 dona
Ko'rsatmalar
Kartoshkani yuving va po'stini arting. Uni mikroto'lqinli pechga joylashtiring.
Tayyorlashni boshlang. Dasturxonga tortishdan avval sariyog', smetana,
pishloq yoki ta'bga ko'ra boshqa ziravorlar qo'shing.
1-17
Ratatuy
260 g Kubik shaklida to'rg'algan tsukkini - 100 g, kubik
shaklida to'rg'algan sabzi - 60 g, kubik shaklida
to'rg'algan bulg'or qalampiri - 75 g, kubik shaklida
to'rg'algan piyoz - 45 g, mayda to'rg'algan
sarimsoqpiyoz - 6 g, tomat pastasi - 10 g, mayoran
yoki rayhon - ta'mga ko'ra, sabzavotlardan
tayyorlangan bulon yoki suvga aralashtirilgan bulon
kubikchasi - 150 ml
Ko'rsatmalar
Barcha massaliqlarni chuqur tarelkaga soling. (Mayoran yoki rayhon
qo'shing). Yaxshilab aralashtiring. Tayyorlashni boshlang.
1-18
Ruscha eski
usuldagi baliq
340 g (1) Mayda to'rg'algan lavlagi - 30 g, mayda
to'rg'algan sabzi - 30 g, mayda to'rg'algan
piyoz - 15 g, Baliq/Tovuq buloni yoki suvga
aralashtirilgan quruq konsentrat - 200 ml
(2) Sous uchun aralashma: Un - 10 g,
tomat pastasi - 10 g, smetana - 30 g, suv - 50 ml
(3) Karp yoki sudak filesi - 150 g,
dafna bargi - 1dona
Ko'rsatmalar
Barcha massaliqlarni ichi chuqur jomga joylashtiring va qaynagan bulon qo'shing.
(1) Tayyorlashni boshlang. Pech tovushli signal berganida "sous uchun bulon",
sabzavotlar va bulonni aralashtiring (2). Baliq va dafna bargini qo'shing (3).
Tayyorlash jarayonini davom ettiring.
(davomi)
GE83K_GE83M_GE83A_DE68-04283A-00_UZ.indd 21 2014-05-30 �� 11:35:47

Содержание

Похожие устройства

Скачать
Случайные обсуждения