Samsung ge 83 krw-2 [155/160] Qo lda muzdan tushirish

Samsung ge 83 krw-2 [155/160] Qo lda muzdan tushirish
O'zbek - 35
06 TAOM TAYYORLASH BO'YICHA YO'RIQNOMA
QO'LDA MUZDAN TUSHIRISH
Mikroto'lqinli pechdan foydalanish mahsulotlarni muzdan tushirishning ajoyib usuli hisoblanadi.
Mikroto'lqinlar mahsulotlarni qisqa vaqt ichida ehtiyotlik bilan muzdan tushiradi. Bu siznikiga
kutilmagan mehmonlar kelgan vaqtda ayniqsa juda foydali bo'lishi mumkin.
Muzlatilgan tovuq go'shti taom tayyorlashdan avval to'liq muzdan tushirilishi kerak. Qadoqdan
metall simlarni oling va muzdan tushirish jarayonida hosil bo'luvchi suvning oqib ketishini
ta'minlash uchun muzdan tushirishdan avval tovuqni qadoqdan chiqarib oling.
Muzdan tushirilgan mahsulotlarni ustini yopmagan holda idishga soling. Muzdan tushirish
vaqtining yarmi o'tgandan keyin ularni ag'daring, eritish vaqtida suyuqlik hosil bo'lgan bo'lsa,
to'king va imkoni boricha ichak-chovoqlarini chiqarib tashlang.
Ularning iliq bo'lmaganligiga ishonch hosil qilish uchun mahsulotlarni vaqti-vaqti bilan tekshirib
turing.
Agar mahsulotning kichik va oriq qismlari qizib keta boshlasa, ushbu qismlarni muzdan
tushirish vaqtida kichik tekis alyumin folgalarga o'ragan holda ularni to'sib qo'yish mumkin.
Agar tovuqning tashqi yuzasi qizib keta boshlasa, muzdan tushirishni to'xtating va muzdan
tushirishni davom ettirishdan avval 20 daqiqa kuting.
Muzdan tushirishni to'liq nihoyasiga yetkazish uchun baliq, go'sht va tovuqni bir oz shundoq
qoldiring. To'liq muzdan tushirish uchun kutish vaqti muzdan tushirilayotgan mahsulotlarning
miqdoriga bog'liq holda har xil bo'lishi mumkin. Quyida keltirilgan jadvalga qarang.
Maslahat: Tekis va ingichka mahsulotlar semizlariga qaraganda va kam miqdordagi
mahsulotlar ko'plariga qaraganda tezroq muzdan tushadi. Ushbu maslahatni
mahsulotlarni muzlatish va muzdan tushirishda yodda tuting.
Harorati -18 °C dan -20 °C gacha bo'lgan muzlatilgan mahsulotlarni muzdan tushirishda
quyidagi jadvalga amal qiling.
Oziq-ovqat Porsiya hajmi Quvvat Vaqt (daq.)
Go'sht
Mol go'shti qiymasi 250 g
500 g
180 Vt 6½-7½
10-12
Cho'chqa go'shtidan
tayyorlangan steyklar
250 g 180 Vt 7½-8½
Ko'rsatmalar
Go'shtni tekis sopol idishga joylashtiring. Chetlarini alyuminiy folga
bilan ingichka yoping. Muzdan tushirish vaqtining yarmi o'tishi bilan
ag'daring. 5-25 daqiqa kuting.
Oziq-ovqat Porsiya hajmi Quvvat Vaqt (daq.)
Parranda go'shti
Tovuq bo'laklari 500 g (2 dona) 180 Vt 14½-15½
Butun tovuq 900 g 180 Vt 28-30
Ko'rsatmalar
Avval tovuq bo'laklarini po'stini pastga qilgan holda tekis sopol
idishga soling. Qanotchalari va oyoq uchlari kabi nozik joylarini
alyumin folga bilan o'rang. Muzdan tushirish vaqtining yarmi o'tishi
bilan ag'daring. 15-40 daqiqa kuting.
Baliq
Baliq filesi 250 g (2 dona)
400 g (4 dona)
180 Vt 6-7
12-13
Ko'rsatmalar
Muzlatilgan baliqni tekis sopol idish o'rtasiga qo'ying. Ingichka
bo'laklarini semizlari tagiga joylashtiring. Ingichka qirralarini alyumin
folga bilan o'rang. Muzdan tushirish vaqtining yarmi o'tishi bilan
ag'daring. 5-15 daqiqa kuting.
Mevalar
Reza mevalar 250 g 180 Vt 6-7
Ko'rsatmalar
Mevalarni tekis doirasimon shisha (katta diametrga ega bo'lgan)
idishga yupqa qatlam qilib yoying. 5-10 daqiqa kuting.
Non
Bulochka
(har biri taxminan 50 g)
2 dona
4 dona
180 Vt ½-1
2-2½
Tost/Sendvich 250 g 180 Vt 4½-5
Nemischa non
(bug'doy + javdar uni)
500 g 180 Vt 8-10
Ko'rsatmalar
Aylanish patnisining o'rtasiga qog'ozli oshxona sochig'ining
ustiga bulochkalarni aylana qilib, nonni esa gorizontal shaklda
qo'ying. Muzdan tushirish vaqtining yarmi o'tishi bilan ag'daring.
5-20daqiqa kuting.
GE83K_GE83M_GE83A_DE68-04283A-00_UZ.indd 35 2014-05-30 �� 11:35:52

Содержание

Похожие устройства

Скачать
Случайные обсуждения