Samsung ge 83 krw-2 [148/160] Bug da taom tayyorlash bo yicha yo riqnoma faqat ge83kr x modellari uchun

Samsung ge 83 krw-2 [148/160] Bug da taom tayyorlash bo yicha yo riqnoma faqat ge83kr x modellari uchun
O'zbek - 28
MIKROTO'LQINLI PECHNI XAVFSIZLIK MAQSADIDA
BLOKIROVKA QILISH
Usbu mikroto'lqinli pechda ichki o'rnatilgan Bola xavfsizligi dasturi mavjud, u bola yoki
pechdan foydalanishni bilmaydigan odam tasodifiy tarzda pechni yoqib qo'ymasligi uchun
pechdan foydalanishni "blokirovka" qilishga imkon beradi.
Pechdan blokirovkani istalgan vaqtda olib tashlash mumkin.
1. СТОП (Stop) va Часы (Soat) tugmachalarini bir vaqtda
bosing.
Natija :
Pech blokirovka qilinadi (funksiyalarni tanlab bo'lmaydi).
• Displeyda"L"namoyishqilinadi.
2. Pechdan blokirovkani olib tashlash uchun СТОП (Stop) va
Часы (Soat) tugmalarini bir vaqtda bosing.
Natija: Pechdan odatdagidek foydalanish mumkin.
BUG'DA TAOM TAYYORLASH BO'YICHA YO'RIQNOMA
(FAQAT GE83KR*-*X MODELLARI UCHUN)
Bug'da pishirgich taomni bug'da tayyorlash tamoyiliga asoslanadi va Samsung mikroto'lqinli
pechingizda tezkor va sog'lom taom tayyorlash uchun mo'ljallangan.
Ushbu yordamchi jihoz guruch, makaron mahsulotlari, sabzavotlar kabilarni qisqa vaqtlarda
ularning o'zuqaviylik qiymatlarini saqlab qolgan holda tayyorlash uchun juda mosdir.
Mikroto'lqinli pechning bug'da pishirgich jihozlari to'plami quyidagi 3 ta qismlardan tashkil
topadi:
Jom Ichki patnis Qopqoq
Barcha jihozlar -20 °C dan 140 °C gacha bo'lgan haroratlarda foydalanish uchun
mo'ljallangan.
Muzlatish kamerasida saqlash uchun juda mos. Ulardan alohida holda yoki birgalikda
foydalanish mumkin.
FOYDALANISH SHAROITLARI:
Foydalanmang:
•
tarkibida yuqori darajada shakar yoki yog' bo'lgan taomlarni tayyorlash uchun,
•
gril yoki aylanma issiqlik funksiyalari bilan birgalikda yoki oshxona plitasida
Ilk marta foydalanishdan avval barcha jihozlarni sovunli suv bilan yaxshilab yuving.
Tayyorlash vaqtlari to'g'risida ma'lumotlar olish uchun keyingi sahifadagi jadvaldagi
ko'rsatmalarga qarang.
TEXNIK XIZMAT KO'RSATISH:
Bug'da pishirgichni idish yuvgichda yuvish mumkin.
Qo'lda yuvganda issiq suv va idish yuvish uchun suyuqlikdan foydalaning.
Abraziv gubkalardan foydalanmang.
Ayrim taomlar (masalan, pomidor) plastik rangini o'chrishi mumkin.
Bu tabiiy holat va ishlab chiqarish xatoligi emas.
GE83K_GE83M_GE83A_DE68-04283A-00_UZ.indd 28 2014-05-30 �� 11:35:50

Содержание

Похожие устройства

Скачать
Случайные обсуждения