Samsung ge 83 krw-2 [156/160] Mikroto lqin gril

Samsung ge 83 krw-2 [156/160] Mikroto lqin gril
O'zbek - 36
GRIL
Grilning qizdiruvchi elementlari pech ichki kamerasining shipi ostida joylashgan. Ular faqat pech eshikchasi
yopilgan, patnis esa aylanayotgandagina ishlaydi. Patnisning aylanishi taomning tekisroq qizartirilishini
ta'minlaydi. Agar gril avvaldan 3-4 daqiqa qizdirib olinsa, tayyorlanayotgan taom tezroq qizaradi.
Gril rejimi uchun oxshona anjomlari:
Tarkibida metall mavjud bo'lishi mumkin bo'lgan issiqqa chidamli idishdan foydalanish kerak.
Plastmassa idishdan foydalanmang, chunki u erib ketishi mumkin.
Gril rejimida tayyorlash mumkin bo'lgan taomlar:
Ezilgan go'shtlar, sardelkalar, bifshtekslar, gamburgerlar, bekon bo'laklari va son go'shtlari, baliqning
yupqa bo'laklari, sendvichlar va tostlardagi gazaklarning barcha turlari.
Muhim izoh:
Agar faqat gril rejimidan foydalanilsa, grilning qizdiruvchi elementi orqa devorda vertikal holatda emas,
balki pechning yuqori gumbazi ostida gorizontal holatda turganligiga ishonch hosil qiling.
Agar ko'rsatmalarda boshqacha ko'rsatilmagan bo'lsa, mahsulotlarni yuqori polkaga joylashtirish
kerakligini yodda tuting.
MIKROTO'LQIN + GRIL
Bu rejim o'zida grildan kelayotgan issiqlik va mikroto'lqinlar bilan ta'minlanuvchi tayyorlash tezligini
birlashtiradi. U faqat pech eshikchasi yopiq va patnis aylanayotgan vaqtdagina ishlaydi.
Patnisning aylanishi taomning tekisroq qizartirilishini ta'minlaydi. Pechning bu modelida tayyorlashning
uch xil birlashgan rejimi mavjud: 600 Vt + Gril, 450 Vt + Gril va 300 Vt + Gril.
Mikroto'lqin + gril rejimi uchun oxshona anjomlari
Mikroto'lqinlarni o'tkazuvchi oshxona anjomlaridan foydalaning. Oshxona anjomi issiqqa
chidamli bo'lishi kerak. Birlashgan rejimda tarkibida metall mavjud bo'lgan oshxona anjomlaridan
foydalanmang. Plastmassa idishdan foydalanmang, chunki u erib ketishi mumkin.
Mikroto'lqin + gril rejimida tayyorlash mumkin bo'lgan taomlar:
Birlashgan rejimda tayyorlash mumkin bo'lgan taomlarga isitish va qizartirish kerak bo'lgan (masalan,
pishirilgan makaron mahsulotlari) hamda yuqorisini qizartirish uchun ozgina tayyorlash vaqti talab
qilinadigan mahsulotlar kiradi. Ushbu rejimdan yana tepasida tillarang qarsillovchi qatlam hosil bo'lsa,
mazaliroq bo'ladigan taomlarning (masalan, tovuq bo'laklari, ular tayyorlash vaqtining yarmi o'tishi
bilan ag'dariladi) qalin porsiyalarini tayyorlash uchun ham foydalanish mumkin.
Ko'proq ma'lumotlar olish uchun grildan foydalanib tayyorlash jadvaliga qarang.
Muhim izoh:
Bigalikdagi (mikroto'lqin + gril) rejimidan foydalanganda grilning qizdiruvchi elementi orqa devorda
vertikal holatda emas, balki pechning yuqori gumbazi ostida gorizontal holatda turganligiga ishonch
hosil qiling. Agar ko'rsatmalarda boshqacha ko'rsatilmagan bo'lsa, mahsulotlarni yuqori polkaga
joylashtirish mumikin. Boshqa hollarda uni bevosita aylanuvchi patnisga joylashtirish kerak.
Quyidagi jadvaldagi ko'rsatmalarga qarang. Agar mahsulotni har ikkala tomonidan qizartirish talab
qilinsa, uni ag'darib qo'yish kerak.
Muzlatilgan taomlar uchun grildan foydalanib tayyorlash bo'yicha qo'llanma
Jadvalda ko'rsatilgan quvvat darajalari va vaqt oraliqlaridan grildan foydalanib tayyorlash
uchun qo'llanma sifatida foydalaning.
Muzlatilgan taom Porsiya hajmi Quvvat
1-qadam
(daq.)
2-qadam
(daq.)
Tost bo'laklari
(har biri taxminan
50 g)
2 dona
4 dona
MT + Gril 300 Vt + Gril
1-1½
2-2½
Faqat gril
1-2
1-2
Ko'rsatmalar
Bulochkalarni aylana shaklida panjara ustiga qo'ying.
Bulochkalarning ikkinchi tomonini o'zingiz xohlagan darajada qotirgan
holda grilda tayyorlang. 2-5 daqiqa kuting.
Bagetlar + Topping
(pomidor,
pishloq, vetchina,
qo'ziqorin)
250-300 g
(2 dona)
450 Vt + Gril 8-9 -
Ko'rsatmalar
2 ta muzlatilgan bagetni panjaraga yonma-yon qo'ying.
Grilda tayyorlangandan keyin. 2-3 daqiqa kuting.
Singdirib
pishirilgan taom
(sabzavotlar yoki
kartoshka)
400 g 450 Vt + Gril 13-14 -
Ko'rsatmalar
Muzlatilgan taomni kichkina, dumaloq issiqqa chidamli shishadan qilingan
idishga joylashtiring. Idishni gril uchun taglikka qo'ying.
Grilda tayyorlangandan keyin. 2-3 daqiqa kuting.
Makaron
mahsulotlari
(kannelloni,
makaronlar,
lazanya)
400 g MT + Gril 300 Vt + Gril
18-19
Faqat gril
1-2
Ko'rsatmalar
Muzlatilgan makaron mahsulotlarini kichkina to'rtburchak issiqqa chidamli
shishadan qilingan idishga joylashtiring. Idishni to'g'ridan-to'g'ri aylanuvchi
patnisga qo'ying. Grilda tayyorlangandan keyin. 2-3 daqiqa kuting.
Tovuq go'shti
bo'laklari
250 g 450 Vt + Gril 5-5½ 3-3½
Ko'rsatmalar
Tovush go'shti bo'laklarini panjaraga joylashtiring.
Tayyorlash vaqtining yarmi o'tgandan keyin ag'daring.
Pech chipslari
250 g 450 Vt + Gril 9-11 4-5
Ko'rsatmalar
Pech chipslarini panjaradagi pishirish qog'ozining ustiga bir tekis yoying.
GE83K_GE83M_GE83A_DE68-04283A-00_UZ.indd 36 2014-05-30 �� 11:35:52

Содержание

Похожие устройства

Скачать
Случайные обсуждения