Samsung ge 83 krw-2 [130/160] Mikroto lqinlar ortiqcha quvvatlarining ehtimoliy ta sirini oldini olish bo yicha ehtiyotkor choralari faqat mikroto lqin funksiyasi

Samsung ge 83 krw-2 [130/160] Mikroto lqinlar ortiqcha quvvatlarining ehtimoliy ta sirini oldini olish bo yicha ehtiyotkor choralari faqat mikroto lqin funksiyasi
O'zbek - 10
Bo'sh mikroto'lqinli pechni yoqmang. Xavfsizlikni ta'minlash
maqsadida mikroto'lqinli pech 30 daqiqadan keyin avtomatik
ravishda o'chadi. Pech tasodifan yoqilgan hollarda mikroto'lqinlarni
yutishi uchun uning ichiga bir stakan suvni joylashtirish tavsiya
qilinadi.
Ushbu qo'llanmada ko'rsatilgan zazorlarga asoslangan holda
pechni or'nating.
("Mikroto'lqinli pechni o'rnatish" bo'limiga qarang.)
Boshqa elektr jihozlarini pechga yaqin joylashgan rozetkalarga
ulashda ehtiyot choralariga amal qiling.
MIKROTO'LQINLAR ORTIQCHA QUVVATLARINING EHTIMOLIY
TA'SIRINI OLDINI OLISH BO'YICHA EHTIYOTKOR CHORALARI.
(FAQAT MIKROTO'LQIN FUNKSIYASI)
Quyidagi ehtiyot choralariga amal qilmaslik mikroto'lqinli nurlanishning organizmingizga zararli ta'siriga
olib kelishi mumkin.
(a) Har qanday holatda ham eshikchasi ochiq turgan pechni ishlatishga urinmang, blokirovka
qiluvchi kontaktlarni (eshikcha qulfi)ni buzmang yoki blokirovka qiluvchi kontaktlarning
tirqishlariga biror narsa tiqmang.
(b) Pech eshikchasi va old panel orasiga hech qanday predmetni QO'YMANG, zichlovchi
yuzalarda ovqat qoldiqlari yoki tozalash vositalarining cho'kindilari to'planishiga yo'l
qo'ymang. Pechdan foydalangandan so'ng eshikcha va uning zichlovchi yuzasini oldin ho'l,
keyin esa yumshoq quruq latta bilan artgan holda, tozalikda saqlang.
(c) Nosoz pech ishlab chiqaruvchi firma tayyorgarligidan o'tgan mikroto'lqinli buyumlar bo'yicha
malakali mutaxassis tomonidan ta'mirlanmaguncha undan FOYDALANMANG. Pechning
eshikchasi yaxshi yopilishi va quyidagilar shikastlanmagani juda muhim:
(1) Eshikcha (qiyshaymagan)
(2) Eshikcha halqalari (singan yoki bo'shashgan)
(3) Eshikcha zichlagichlari va zichlovchi yuzalar
(k) Pechni sozlash yoki ta'mirlash ishlari ishlab chiqaruvchi firma tayyorgarligidan o'tgan
mikroto'lqinli pechlarga xizmat ko'rsatish bo'yicha malakali mutaxassis tomonidan bajarilishi
kerak.
Agar moslamaning buzilishi va/yoki aksessuarning buzilishi yoki talafoti mijoz tomonidan qilingan
bo'lsa, Samsung aksessuarni almashtirish yoki kosmetik defektni tuzatish uchun tuzatish to'lovini
undirishi mumkin. Ushbu talablar qoplaydigan elementlarga quyidagilar kiradi:
(a) Ezilgan, tirnalgan yoki buzilgan eshik, ruchka, old panel yoki boshqaruv paneli.
(b) Buzilgan yoki yo'q bo'lgan lotok, yo'naltiruvchi rolik, mufta yoki reshyotka.
DIQQAT
Faqat mikroto'lqinli pechlarga mos keluvchi idishlardan
foydalaning; Metalldan yasalgan konteynerlar, oltin yoki kumush
qoplangan oshxona idishlari, shampurlar, vilkalar kabilardan
FOYDALANMANG.
O'ralgan o'tkazgichni qog'oz yoki plastik qadog'idan oling.
Sababi: Elektr yoyi yoki uchqun hosil bo'lishi, bu esa pechning
shikastlanishiga olib kelishi mumkin.
Qog'oz yoki kiyimlarni quritish uchun mikroto'lqinli pechdan
foydalanmang.
Oz miqdordagi taomlarni isitishda taomning ortiqcha isib ketishi
yoki buzilishini oldini olish uchun vaqtni qisqartiring.
Elektr manbaiga ulash kabeli va vilkasini suvga botirilishiga yo'l
qo'ymang va kabelni issiqlik manbalaridan uzoqroq joylashtiring.
Butun tuxum va qotirib pishirilgan tuxumni mikroto'lqinli pechda
isitib bo'lmaydi, chunki ular hattoki isitish jarayoni tugagandan
keyin ham mikroto'lqinli pech ichida portlab ketishlari mumkin;
Shuningdek, germetik yopilgan butilka, banka, konteynerlar, butun
yong'oq, pomidor kabilarni isitish mumkin emas.
Havo almashish tirqishlarini mato yoki qog'oz bilan yopib
qo'ymang. Ushbu materiallar pechdan chiqayotgan issiq havo
ta'sirida yonib ketishlari mumkin. Pech ortiqcha qizib ketishi va
avtomatik o'chib qolishi mumkin va u yetarli darajada sovuginicha
o'chiq holda qoladi.
Tasodifiy kuyishning oldini olish uchun idishlarni pechdan olishda
doimo qo'lqoplardan foydalaning.
Suyuqlikni isitish vaqtida va undan keyin aralashtiring, va kuchli
qaynashning oldini olish uchun pech o'chganidan keyin kamida 20
soniya kuting.
Eshikchani ochganda issiq havo yoki bug'dan kuyib qolishning
oldini olish uchun pechdan uzatilgan qo'l masofasida turish kerak.
GE83K_GE83M_GE83A_DE68-04283A-00_UZ.indd 10 2014-05-30 �� 11:35:37

Содержание

Похожие устройства

Скачать
Случайные обсуждения