Samsung ge 83 krw-2 [147/160] Aksessuarlarni tanlash

Samsung ge 83 krw-2 [147/160] Aksessuarlarni tanlash
O'zbek - 27
04 PECHDAN FOYDALANISH
MIKROTO'LQINLAR VA GRILDAN BIRGALIKDA FOYDALANISH
Taomni tezda tayyorlash va uni qizartirish uchun siz taom tayyorlashda mikroto'lqinlar va
grildan birgalikda foydalanishingiz ham mumkin.
DOIMO mikroto'lqinli pechda ham, oddiy isitish shkafida ham foydalanish mumkin
bo'lgan anjomlardan foydalaning. Buning uchun shisha va sopol idishlar juda bop
hisoblanadi, chunki ular mikroto'lqinlarning taomga bir tekis kirishiga imkon beradi.
DOIMO pechdagi idishlarga tegayotganda maxsus ushlagichlardan foydalaning,
chunki juda issiq bo'ladi.
1. Boshqaruv panelining quyi chap burchagidagi katta
tugmachani bosgan holda pech eshikchasini oching.
Taomni panjaraga, panjarani esa aylanuvchi patnisga
joylashtiring. Eshikchani yoping.
2. СВЧ+Гриль (Quvvat darajasi+Gril) tugmachasini bosing.
Natija:
Displeyda quyidagi ma'lumotlar namoyish qilinadi:
Quvvat darajasi+Gril (mikroto'lqin va gril rejimi)
600 Vt (ishlab chiqilayotgan quvvat)
3. 10МИН (10 daq), 1МИН (1 daq) va 10сек (10 son)
tugmalarini bosgan holda tayyorlash vaqtini o'rnating.
Tayyorlashning eng ko'p darajadagi vaqti 60 daqiqa.
4. СТАРТ (Start) tugmasini bosing.
Natija: Birgalikdagi rejimda taom tayyorlash boshlanadi.
Tayyorlash yakunlangandan keyin.
1) Pech to'rt marta tovushli signal beradi.
2) Ovqat tayyorlash jarayoni yakunlanganini
eslatuvchi tovushli signal 3 marta (bir daqiqa
intervali bilan) beriladi.
3) Displey yana joriy vaqtni ko'rsatadi.
Mikroto'lqinlar va grildan birgalikda foydalanish rejimidagi eng yuqori quvvat darajasi
600 Vt.
Kerakli СВЧ (Quvvat darajasi) ni tanlash uchun СВЧ+Гриль (Quvvat darajasi+Gril)
tugmasini bosing.
Siz gril haroratini o'rnata olmaysiz.
AKSESSUARLARNI TANLASH
Mikroto'lqinli pechdan foydalanish uchun xavfsiz bo'lgan anjomlardan foydalaning;
plastmassa sig'imlar, tarelkalar, qog'oz kosachalar, sochiq kabilardan foydalanmang.
Agar birlgalikda tayyorlash rejimini (gril va mikroto'lqinlar)
tanlamoqchi bo'lsangiz, faqat mikroto'lqinli pechda ham, oddiy
isitish shkafida ham foydalanish mumkin bo'lgan anjomlardan
foydalaning
Mikroto'lqinli pechda foydalanish uchun yaroqli bo'lgan idishlar to'g'risida qo'shimcha
ma'lumotlar olish uchun 30-sahifagi "Idishlarni tanlash bo'yicha yo'riqnoma" bo'limiga
qarang.
TOVUSHLI SIGNALNI O'CHIRIB QO'YISH
Siz istalgan vaqtda tovushli signalni o'chirib qo'yishingiz mumkin.
1. СТОП (Stop) va СТАРТ (Start) tugmachalarini bir vaqtda
bosing.
Natija:
Pech bundan buyon har safar tugmachalar
bosilganda tovushli signal bermaydi.
• Displeydaquyidagiko'rsatkichnamoyishqilinadi.
2. Tovushli signalni yana yoqib qo'yish uchun СТОП (Stop) va
СТАРТ (Start) tugmalarini bir vaqtda bosing.
Natija:
Pech yana tovushli signal bera boshlaydi.
• Displeydaquyidagiko'rsatkichnamoyishqilinadi.
GE83K_GE83M_GE83A_DE68-04283A-00_UZ.indd 27 2014-05-30 �� 11:35:50

Содержание

Похожие устройства

Скачать
Случайные обсуждения