Samsung MS23A7118AK [154/192] Mikroto lqinli pechni o rnatish bo yicha ko rsatmalar

Samsung MS23A7118AK [154/192] Mikroto lqinli pechni o rnatish bo yicha ko rsatmalar
10 O'zbek
O‘rnatish
O‘rnatish
Mikroto'lqinli pechni o'rnatish
1. Pechning ichidagi barcha o'rama materiallarni chiqarib
oling. Rolikli taglik va aylanuvchi patnisni o'rnating.
Aylanuvchi patnis bemalol aylanishini tekshiring.
2. Ushbu pech elektr manbaiga ulash vilkasidan osongina
foydalanish mumkin bo'lgan tarzda joylashtirilishi kerak.
DIQQAT
Agar elektr kabeli shikastlangan bo'lsa, uni maxsus kabelga yoki ishlab chiqaruvchi, yoki uning xizmat
ko'rsatish bo'yicha vakolatli agentidan xarid qilinishi mumkin bo'lgan elektr tarmog'iga ulanish to'plamiga
almashtirish zarur.
Xavfsizlikni ta'minlash uchun elektr kabeli vilkasini o'zgaruvchan tok tarmog'ining 3-ulovchi teshikli, 230 Volt,
50 Gerts yerga tutashtirilgan rozetkasiga ulang. Agar ushbu qurilmaning elektr kabeli shikastlangan bo'lsa, uni
maxsus kabel bilan almashtirish zarur.
Mikroto'lqinli pechni issiq yoki nam joyga, masalan, oddiy oshxona plitasi yoki isitish radiatori yoniga
o'rnatmang. Pech iste'mol qiladigan quvvatni inobatga olish zarur va har qanday uzaytirgich pech bilan birga
yetkazib berilgan tarmoq shnurining xuddi shu standartiga mos kelishi kerak. Mikroto'lqinli pechni ilk marta
ishlatishdan oldin uning ichki yuzasini va eshikchaning zichlagichini nam latta bilan arting.
Mikroto'lqinli pechni o'rnatish bo'yicha ko'rsatmalar
Ushbu qurilma Yevropa Ittifoqining me'yoriy talablariga javob beradi.
O'rama materiallarini va qurilmani chiqitga chiqarish.
Ushbu qurilmaning o'rama materiallarini qayta ishlatish mumkin.
Quyidagilarni qaytadan ishlatish mumkin:
karton;
polietilen plyonka (PE);
Freonsiz penopolistirol (polistirolli penoplast).
Ushbu materiallarni mas'uliyatli hamda hukumat me'yorlariga mos bo'lgan ravishda chiqitga chiqaring.
Hukumat organlari sizni ishdan chiqarib tashlangan qurilmalarni mas'uliyatli ravishda chiqitga chiqarish haqidagi
axborot bilan ta'minlay oladilar.
Xavfsizlik
Ushbu qurilma faqat malakali texnik tomonidan o'rnatilishi kerak.
Mikroto'lqinli pech xonadonlarda ishlatilish uchun mo'ljallangan.
U faqat ovqat pishirish uchun ishlatilishi kerak.
Qurilma ishlatilayotgan paytida va ishlatilganidan so'ng issiq bo'lib turadi.
Yosh bolalar qurilmaga yaqinlashishi ehtimoli bor bo'lsa, buni nazarda tuting.
Oddiy pech yonida o'rnatish.
Mikroto'lqinli pech oddiy pech yoniga o'rnatiladigan bo'lsa, ortiqcha qizib ketishining oldini olish maqsadida
ular orasida yetarlicha bo'sh joy qoldirish kerak, chunki o’rnatish ramkasi haddan tashqari baland harorat bilan
o'rab turishi mumkin. O'z-o'zidan ayonki, o'rnatish vaqtida oddiy pech ishlab chiqaruvchisining yo'riqlariga
qat'iy rioya qilish muhim ahamiyatga ega.
Shkaf ichiga qo'yiladigan mikroto'lqinli pechni oddiy pech ustiga o'rnatmaslik kerak, aks holda oddiy pechdan
chiqayotgan issiq havo mikroto'lqinli pechning sovutgich tizimiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.
Elektrga ulanish
Qurilma ulanadigan uy elektr tarmog'i milliy va mahalliy talablarga javob berishi lozim.
Doimiy ulanish yaratgingiz kelsa, elektr ta'minot liniyasida kontaktlari orasida 3 millimetrli zazor bor bo'lgan ko'p
qutbli viklyuchatel o'rnatishingiz shart.
User_MS23A7118AW_BW_DE68-04660D-00_UZ_210202.indd 10User_MS23A7118AW_BW_DE68-04660D-00_UZ_210202.indd 10 2/3/2021 5:55:13 PM2/3/2021 5:55:13 PM

Содержание

Скачать
Случайные обсуждения