Samsung MS23A7118AK [157/192] Tozalash

Samsung MS23A7118AK [157/192] Tozalash
O'zbek 13
Xizmat ko‘rsatish
Xizmat ko‘rsatish
Tozalash
Mikroto‘lqin pech usti yoki ichida kir yig‘ilib qolmasligi uchun uni unimuntazam tozalab turing. Ayniqsa eshigi, eshik
zichlagichi, aylanuvchi patnis va rolikli taglikka (mavjud modellardagina) e’tibor bering.
Eshik oson ochilib-yopilmasa, birinchi galda eshik zichlagichiga kir yig‘ilib qolishini tekshiring. Pechning ichi va ustini
tozalash uchun yumshoq lattani sovunli suv bilan ishlating. Chaying va yaxshilab quriting.
Pech ichida qotib qolgan, hid chiqarayotgan kirlarni ketkazish uchun
1. Pechni bo‘shatib, limon sharbatiga suv qo'shilgan chashkani aylanuvchi patnisga qo'ying.
2. Pechni 10 daqiqa davomida quvvatning maksimal darajasida qizdiring.
3. Sikl tugagach, pech sovishini kuting. Keyin eshigini ochib, pishirish bo‘lmasini tozalang.
DIQQAT
Eshik va uning zichlagichlarini toza tuting hamda eshik oson ochilib-yopilishiga amin bo‘ling. Aks holda
pechning ishlash muddati qisqarishi mumkin.
Pechning ventilyatsiya tirqishlariga suv tushishidan ehtiyot bo‘ling.
Tozalashda dag‘al yoki kimyoviy moddalardan foydalanmang.
Har bir foydalangandan keyin pechni sovitib, pishirish bo‘lmasini yumshoq yuvish vositasi eritmasi bilan
tozalang.
Almashtirish (tamirlash)
OGOHLANTIRISH
Bu pech ichida foydalanuvchi olib qo‘yadigan qismlari yo‘q. Pechni o‘zingiz ko‘chirish yoki ta’mirlashga urinmang.
Agar ilmoqlar, zichlagich va/yoki eshik bilan muammo aniqlansa, yordam uchun malakali texnikka yoki
mahalliy Samsung xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.
Chiroq lampasini almashtirmoqchi bo‘lsangiz, mahalliy Samsung xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.
Uni o‘zingiz almashtirmang.
Agar pechning tashqi korpusi bilan muammo yuzaga kelsa, avval tokdan uzing, keyin mahalliy Samsung
xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.
Uzoq vaqt ishlatilmagandagi himoya chorasi
Pechni uzoq vaqt ishlatmasangiz, tokdan uzing va pechni quruq, changsiz joyga ko‘chiring. Pech ichida yig‘iladigan
chang va namlik uning ishlashiga tasir ko‘rsatishi mumkin.
User_MS23A7118AW_BW_DE68-04660D-00_UZ_210202.indd 13User_MS23A7118AW_BW_DE68-04660D-00_UZ_210202.indd 13 2/3/2021 5:55:14 PM2/3/2021 5:55:14 PM

Содержание

Скачать
Случайные обсуждения