Samsung MS23A7118AK [182/192] Qo lda muzdan tushirish

Samsung MS23A7118AK [182/192] Qo lda muzdan tushirish
38 O'zbek
Taom tayyorlash bo'yicha yo'riqnoma
Taom tayyorlash bo'yicha yo'riqnoma
Qo‘lda muzdan tushirish
Mikroto'lqinli pechdan foydalanish mahsulotlarni muzdan tushirishning ajoyib usuli hisoblanadi. Mikroto'lqinlar
mahsulotlarni qisqa vaqt ichida ehtiyotlik bilan muzdan tushiradi. Bu siznikiga kutilmagan mehmonlar kelgan
vaqtda ayniqsa juda foydali bo'lishi mumkin.
Muzlatilgan tovuq go'shti taom tayyorlashdan avval to'liq muzdan tushirilishi kerak. Qadoqdan metall simlarni oling
va muzdan tushirish jarayonida hosil bo'luvchi suvning oqib ketishini ta'minlash uchun muzdan tushirishdan avval
tovuqni qadoqdan chiqarib oling.
Muzdan tushirilgan mahsulotlarni ustini yopmagan holda idishga soling. Muzdan tushirish vaqtining yarmi
o'tgandan keyin ularni ag'daring, eritish vaqtida suyuqlik hosil bo'lgan bo'lsa, to'king va imkoni boricha ichak-
chovoqlarini chiqarib tashlang.
Ularning iliq bo'lmaganligiga ishonch hosil qilish uchun mahsulotlarni vaqti-vaqti bilan tekshirib turing.
Agar mahsulotning kichik va oriq qismlari qizib keta boshlasa, ushbu qismlarni muzdan tushirish vaqtida kichik tekis
alyumin folgalarga o'ragan holda ularni to'sib qo'yish mumkin.
Agar tovuqning tashqi yuzasi qizib keta boshlasa, muzdan tushirishni to'xtating va muzdan tushirishni davom
ettirishdan avval 20 daqiqa kuting.
Muzdan tushirishni to'liq nihoyasiga yetkazish uchun baliq, go'sht va tovuqni bir oz shundoq qoldiring. To'liq
muzdan tushirish uchun kutish vaqti muzdan tushirilayotgan mahsulotlarning miqdoriga bog'liq holda har xil
bo'lishi mumkin. Quyida keltirilgan jadvalga qarang.
Maslahat: Tekis va ingichka mahsulotlar semizlariga qaraganda va kam miqdordagi mahsulotlar ko'plariga
qaraganda tezroq muzdan tushadi. Bu maslahatni mahsulotlarni muzlatish va muzdan
tushirishda yodda tuting.
Harorati -18 °C dan -20 °C gacha bo'lgan muzlatilgan mahsulotlarni muzdan tushirishda quyidagi jadvalga amal
qiling.
Oziq-ovqat Porsiya hajmi Quvvat Vaqt (daq.)
Go'sht
Mol go'shti qiymasi 250 g
500 g
180 Vt 6½-7½
10-12
Cho'chqa go'shtidan
tayyorlangan steyklar
250 g 180 Vt 7½-8½
Ko'rsatmalar
Go'shtni tekis sopol idishga joylashtiring. Chetlarini alyuminiy folga bilan ingichka
yoping. Muzdan tushirish vaqtining yarmi o'tishi bilan ag'daring. 5-25 daqiqa
kuting.
Oziq-ovqat Porsiya hajmi Quvvat Vaqt (daq.)
Parranda
Tovuq bo'laklari 500 g (2 dona) 180 Vt 14½-15½
Butun tovuq 900 g 180 Vt 28-30
Ko'rsatmalar
Avval tovuq bo'laklarini po'stini pastga qilgan holda tekis sopol idishga soling.
Qanotchalari va oyoq uchlari kabi nozik joylarini alyumin folga bilan o'rang.
Muzdan tushirish vaqtining yarmi o'tishi bilan ag'daring. 15-40 daqiqa kuting.
Baliq
Baliq lesi 250 g (2 dona)
400 g (4 dona)
180 Vt 6-7
12-13
Ko'rsatmalar
Muzlatilgan baliqni tekis sopol idish o'rtasiga qo'ying. Ingichka bo'laklarini
qalinlarining tagiga joylashtiring. Ingichka qirralarini alyumin folga bilan o'rang.
Muzdan tushirish vaqtining yarmi o'tishi bilan ag'daring. 5-15 daqiqa kuting.
Mevalar
Reza mevalar 250 g 180 Vt 6-7
Ko'rsatmalar
Mevalarni tekis doirasimon shisha (katta diametrga ega bo'lgan) idishga yupqa
qatlam qilib yoying. 5-10 daqiqa kuting.
Non
Bulochka (har biri
taxminan 50 g)
2 dona
4 dona
180 Vt ½-1
2-2½
Tost/Sendvich 250 g 180 Vt 4½-5
Nemischa non (bug‘doy
+ javdar uni)
500 g 180 Vt 8-10
Ko'rsatmalar
Aylanish patnisining o'rtasiga qog'ozli oshxona sochig'ining ustiga bulochkalarni
aylana qilib, nonni esa gorizontal shaklda qo'ying. Muzdan tushirish vaqtining
yarmi o'tishi bilan ag'daring. 5-20 daqiqa kuting.
User_MS23A7118AW_BW_DE68-04660D-00_UZ_210202.indd 38User_MS23A7118AW_BW_DE68-04660D-00_UZ_210202.indd 38 2/3/2021 5:55:19 PM2/3/2021 5:55:19 PM

Содержание

Скачать
Случайные обсуждения