Samsung MS23A7118AK [183/192] Foydali maslahatlar

Samsung MS23A7118AK [183/192] Foydali maslahatlar
O'zbek 39
Nosozliklarni bartaraf qilish va axborot kodi
Foydali maslahatlar
Qotgan asalni eritish
20 g qotgan asalni kichkina chuqur shisha idishga soling.
Asal erigunicha 300 Vt quvvatda 20-30 soniya qizdiring.
Jelatinni eritish
Quruq jelatin plastinkalarini (10 g) 5 daqiqa sovuq suvga soling.
Jelatindan suvni oqizib tashlang va uni issiqqa chidamli kichkina tarelkaga joylashtiring.
300 Vt quvvatda 1 daqiqa qizdiring.
Jelatinni u eriganidan keyin aralashtiring.
Qiyom tayyorlash (pishiriq va pechenye uchun)
Tez tayyorlanadigan qiyomni (taxminan 14 g) 40 g shakar va 250 ml sovuq suv bilan aralashtiring.
Issiqqa chidamli shishadan yasalgan kosada ustini yopmasdan qiyom shaffof rangga kirgunicha 800 Vt quvvatdan
foydalanib 3½ daqiqadan 4½ daqiqagacha tayyorlang. Tayyorlash vaqtida ikki marta aralashtiring.
Jem tayyorlash
600 g mevani (masalan, reza mevalar aralashmasi) issiqqa chidamli shishadan qilingan qopqoqli idishga soling.
Konservalash uchun 300 g shakar qo‘shing va yaxshilab aralashtiring. Ustini yopgan holda, 800 Vt quvvat bilan
10-12 daqiqa pishiring.
Tayyorlash paytida birnecha marta aralashtiring. Burama qopqoqli jem uchun mo'ljallangan kichkina bankachalarga
soling. Bankachalarni 5 daqiqa qopqog'ini pastga qilgan holda qo'ying.
Puding/shirin krem tayyorlash
Pudding konsentratiga shakar va sutni (500 ml) konsentrat ishlab chiqaruvchisi ko'rsatmalariga amal qilgan holda
qo'shing va yaxshilab aralashtiring. Qopqoqli issiqqa chidamli shishadan qilingan kosadan foydalaning. Qopqoqni
yopgan holda 800 Vt quvvatda 6½ daqiqadan 7½ daqiqagacha tayyorlang.
Tayyorlash vaqtida bir necha marta yaxshilab aralashtiring.
Bodom bo‘lakchalarini qizartirish
30 g bodom bo‘lakchalarini o‘rtacha o‘lchamdagi sopol tarelkaga tekis qatlam qilib yoying.
600 Vt quvvatda 3½ dan 4½ daqiqagacha qizartirish paytida birnecha marta aralashtiring.
Pechda 2-3 daqiqa tursin. Qalin qo'lqopdan foydalangan holda oling!
Nosozliklarni bartaraf qilish va axborot kodi
Nosozliklarni bartaraf etish
Agar sizda quyida keltirilgan muammolardan birortasi mavjud bo'lsa, berilgan maslahatlar bilan hal qilishga harakat
qiling.
Muammo Sababi Chora
Asosiy
Tugmalar tegishlicha
bosilmayapti.
Tugmalar orasiga yot jism kirib qolishi
mumkin.
Yot jismni olib tashlab, qayta urining.
Sensorli modellarda: Namlik tashqi
tomonida.
Namlikni artib tashlang.
Bolalardan qulflash ishga tushgan. Bolalardan qulflashni o‘chiring.
Vaqt ko‘rsatilmayapti. Eko (quvvat tejovchi) funksiya qo‘yilgan. Eko funksiyasini o‘chiring.
Mikroto'lqinli pech
ishlamayapti.
Tok yo‘q. Tok borligiga ishonch hosil qiling.
Eshik ochiq. Eshikni yopib, qayta urining.
Eshikni ochadigan xavfsizlik
mexanizmlari yot jism bilan yopilib
qolgan.
Yot jismni olib tashlab, qayta urining.
Mikroto'lqinli pech
ishlab turganida
to‘xtaydi.
Foydalanuvchi taomni ag‘darish uchun
eshikni ochgan.
Taomni ag‘dargach, ishlashni
boshlash uchun
СТАРТ/+30сек
(BOSHLASH/+30s)
tugmasini yana
bosing.
User_MS23A7118AW_BW_DE68-04660D-00_UZ_210202.indd 39User_MS23A7118AW_BW_DE68-04660D-00_UZ_210202.indd 39 2/3/2021 5:55:19 PM2/3/2021 5:55:19 PM

Содержание

Скачать
Случайные обсуждения