Samsung MS23A7118AK [168/192] Mikroto lqinli pechni ishlatish

Samsung MS23A7118AK [168/192] Mikroto lqinli pechni ishlatish
24 O'zbek
Mikroto‘lqinli pechni ishlatish
Mikroto‘lqinli pechni ishlatish
Kod Oziq-ovqat Porsiya hajmi Tarkibi
1-7 Olxo'ri
qoqili tovuq
oyoqchalari
325 g
2 dona
Yupqa to'g'ralgan piyoz - 15 g, yupqa to'g'ralgan sabzi -
20 g, tovuq oyoqchasi - 2 dona (160-180 g), qora olxo'ri
- 5-7 dona (50 g), tovuq bulyoni yoki quruq konsentratli
suv - 200 ml
Ko'rsatmalar
Piyoz va sabzini chuqur tarelkaga soling. Ustidan tovuq oyoqchalarini qo'ying,
qora olxo'ri va bulon qo'shing. Idishni mikroto'lqinli pechga joylashtiring.
Tayyorlashni boshlang. Pech tovushli signal berganida oyoqchalarni ag'daring va
tayyorlash jarayonini davom ettiring.
1-8 Xantal sousi
qo'shilgan
cho'chqa bo'yni
250 g 01 Cho‘chqa bo‘yni - 150 g, qirilgan sabzi - 20 g,
to‘g‘ralgan piyoz - 20 g, tovuq go‘shtidan
tayyorlangan bulon yoki suvga aralashtirilgan
bulon kubikchasi - 100 ml
02 Sous uchun aralashma: Un - 5 g, dijon xantali -
20 g, smetana - 30 g, suv - 50 ml
Ko'rsatmalar
Go'shtni uzun bo'lakchalarga kesing, sabzavotlarni tayyorlang va tovuq bulonini
(01) qo'shing. Uni chuqur tarelkaga soling. Yaxshilab aralashtiring va tayyorlashni
boshlang. Sous uchun barcha masalliqlarni tayyorlang (02). Pech tovushli signal
berganida aralashmani go'shtli bulonga quying, aralashtiring va tayyorlash
jarayonini davom ettiring.
1-9 Pishirilgan
kartoshka
140-180 g
1-2 dona
Yirik kartoshka – 160-200 g (1-2 dona)
Ko'rsatmalar
Kartoshkani yuving va po'stini arting. Uni mikroto'lqinli pechga joylashtiring.
Tayyorlashni boshlang. Dasturxonga tortishdan avval kesing. Dasturxonga
tortishdan avval sariyog', smetana, pishloq yoki ta'bga ko'ra boshqa ziravorlar
qo'shing.
Kod Oziq-ovqat Porsiya hajmi Tarkibi
1-5 Moskvacha baliq 270 g 01 Shampinonlar - 30 g, sudak biqin go'shti - 150 g,
o'simlik yog'i - 5 g
02 Smetana- 30 g (2 x 15 g)
03 Pishirilgan kartoshkaning dumaloq bo'laklari –
2 dona (60-70 g/dona), tuz – 5 g, yanchilgan oq
qalampir – ½ g, qirilgan pishloq – 25 g
Ko'rsatmalar
Qo'ziqorinlarni tarelkaga soling, yoniga baliqni joylashtiring. O'simlik yog'idan
tomizing (01). Tayyorlashni boshlang. Pech tovushli signal berganida smetana
porsiyasining yarmini sopol tarelkaga (markaziga) soling (02). Shu smetanaga
qo'ziqorinni soling. Shunga baliqni ham soling. Unga ziravorlar qo'shing. Baliq
atrofiga kartoshkani yoyib chiqing. Kartoshkaga pishloqni qo'yib chiqing (03).
Tayyorlash jarayonini davom ettiring.
1-6 Yojiki 220 g 01 Go'sht (mol go'shti va cho'chqa go'shti) qiymasi
– 120 g (uch qismga bo'ling), oddiy pishirilgan
guruch – 40 g, tuz – 1 g, maudalangan qora
qalampir – ½ g, mayda to'rg'algan piyoz – 20 g,
maydalangan sarimsoqpiyoz – 3 g, tovuq buloni
yoki quruq konsentratli suv – 100 ml
02 Sous uchun aralashma: Un – 5 g, tomat pastasi –
10 g, suv – 40 ml
Ko'rsatmalar
Guruchni go'sht qiymasiga qo'shing. Ziravorlarni qo'shing va qo'lda aralashtiring.
Uchta sharcha yasang. Piyoz va sarimsoqpiyozni chuqur tarelkaga soling. Unga
go'shtli sharchalarni qo'ying va bulonni qo'shing. Tarelkani pechga joylashtiring.
01 Tayyorlashni boshlang. Sous uchun barcha masalliqlarni tayyorlang.
02 Pech tovushli signal berganida aralashmani go'shtli bitkilar bo'lgan bulonga
quying. Do'lmani aylantiring va tayyorlash jarayonini davom ettiring.
User_MS23A7118AW_BW_DE68-04660D-00_UZ_210202.indd 24User_MS23A7118AW_BW_DE68-04660D-00_UZ_210202.indd 24 2/3/2021 5:55:17 PM2/3/2021 5:55:17 PM

Содержание

Скачать
Случайные обсуждения