Samsung MS23A7118AK [159/192] Mikroto lqinli pechning ishlash tamoyili

Samsung MS23A7118AK [159/192] Mikroto lqinli pechning ishlash tamoyili
O'zbek 15
Mikroto‘lqinli pechni ishlatish
O'zbek 15
Mikroto‘lqinli pechni ishlatish
Mikroto‘lqinli pechning ishlash tamoyili
Mikroto'lqinlar yuqori chastotali elektromagnit to'lqinlardir; mikroto'lqinlardan ajralib chiqadigan quvvatlar
taomlarni tayyorlash yoki ularning shakli va ranglarini o'zgartirmasdan isitishga imkon beradi.
Mikroto'lqinli pechdan quyidagilar uchun foydalanish mumkin:
Muzdan tushirish
Isitish
Taom tayyorlash
Taom tayyorlash tamoyili
1. Magnetron tomonidan hosil qilinadigan chuqurlikdan
qaytarilgan mikroto'lqinlar aylanuvchi patnisda taomni
aylantirish jarayonida bir tekis taqsimlanadi. Shuning
hisobiga taom bir tekis tayyorlanadi.
2. Mikroto'lqinlar mahsulot ichiga 1 dyuym (2,5 sm)
chuqurlikkacha kiradi. Keyin issiqlikning mahsulot
ichida tarqalishi hisobiga pishirish davom ettiriladi.
3. Tayyorlash vaqti foydalaniladigan idishlar va
mahsulotning quyidagi xususiyatlariga bog'liq ravishda
turlicha bo'ladi:
Miqdori va zichligi
Tarkibidagi suv miqdori
Boshlang'ich harorat (mahsulotning
muzlatilganligi yoki yo'qligi)
IZOH
Tayyorlanayotgan taomning markaziy qismi issiqlikning yoqilishi hisobiga tayyorlanganligi uchun taom tayyorlash
jarayoni hattoki taom pechdan olingandan keyin ham davom etadi. Shuning uchun quyidagilarni ta'minlash uchun
taom retseptlari va ushbu yo'riqnomada ko'rsatilgan taomning kutish vaqtiga amal qilish lozim:
Taomni markazigacha bir tekis tayyorlash.
Taomning butun hajmi bo'yicha bir xil harorat.
Pechning to'g'ri ishlashini tekshirish
Quyida bayon qilingan oddiygina protsedura istalgan vaqtda pech to'g'ri ishlayotganini tekshirish imkonini beradi.
Agar shubha tugilgan taqdirda, Nosozliklarni bartaraf etish deb nomlangan 39-42 betdagi bo’limga qarang.
IZOH
Pech o'zgaruvchan tok tarmog'ining mos rozetkasiga ulangan bo'lishi kerak. Aylanuvchi patnis pechga to’g’ri
joylashtirilishi kerak. Agar maksimal quvvatdan (100 % - 800 Vt) boshqa quvvat ishlatilsa, suv kechroq qaynaydi.
3
1. Mikroto'lqinli pech eshigini ochish uchun tutqichni
torting.
2. Aylanuvchi patnisga bir stakan suvni qo‘yib, eshigini
yoping.
3. СВЧ (Mikroto‘lqin) tugmasini bosing.
4
4. Vaqtni 4 yoki 5 daqiqaga belgilash uchun
СТАРТ/+30сек (BOSHLASH/+30s) tugmasini qayta-
qayta bosing.
5. Mikroto'lqinli pech belgilangan vaqt davomida suvni
isitadi. Suv qaynayotganiga amin bo‘ling.
User_MS23A7118AW_BW_DE68-04660D-00_UZ_210202.indd 15User_MS23A7118AW_BW_DE68-04660D-00_UZ_210202.indd 15 2/3/2021 5:55:15 PM2/3/2021 5:55:15 PM

Содержание

Скачать
Случайные обсуждения