Samsung MS23A7118AK [161/192] Vaqtni belgilash

Samsung MS23A7118AK [161/192] Vaqtni belgilash
O'zbek 17
Mikroto‘lqinli pechni ishlatish
Vaqtni belgilash
Elektr quvvati berilganda displeyda vaqtning "88:88" va keyin "12:00" qiymati avtomatik ravishda namoyish qilinadi.
Joriy vaqtni o'rnating. Vaqt 24 soatlik yoki 12 soatlik formatda bo‘lishi mumkin. Soatni quyidagi holatlarda o'rnatish
kerak bo'ladi:
Mikroto'lqinli pechni ilk marta o'rnatayotganda
Elektr toki tarmog'ida uzilishlar bo'lgandan keyin
IZOH
Yozgi vaqtni qo‘llash uchun vaqtni qo‘lda o‘zgartirish kerak.
1
3
4
2
1. OK tugmasini bosing.
2. 24 soatlik yoki 12 soatlikni tanlash uchun < yoki >
(Tushirish/Oshirish) tugmasini bosing, keyin OK
tugmasini bosing.
3. Soatni qo‘yish uchun < yoki > (Tushirish/Oshirish)
tugmasini bosing, keyin OK tugmasini bosing.
4. Daqiqani qo‘yish uchun < yoki > (Tushirish/Oshirish)
tugmasini bosing, keyin OK tugmasini bosing.
IZOH
Mikroto‘lqinli pech ishlatilmayotganida boshqaruv panelida vaqt ko‘rsatib turiladi.
Quvvat darajalari va vaqt o‘zgarishlari
Quvvat darajasini berish funksiyasi ishlab chiqilayotgan quvvat miqdorini va shu orqali uning turi va miqdoriga
bog'liq ravishda taom tayyorlash yoki isitish uchun zarur bo'ladigan vaqtni boshqarishga imkon beradi. Oltita
quvvat darajalari o'rtasida tanlashingiz mumkin.
Quvvat darajasi Foiz Chiqish quvvati
YUQORI 100 % 800 Vt
O'RTACHA YUQORI 75 % 600 Vt
O'RTACHA 56 % 450 Vt
O'RTACHA PAST 38 % 300 Vt
MUZDAN TUSHIRISH 23 % 180 Vt
PAST 13 % 100 Vt
Retseptlarda va ushbu ko'rsatmalarda ko'rsatilgan tayyorlash vaqti ma'lum quvvat darajasiga mos keladi.
Yuqoriroq quvvat darajasini tanlasangiz, tayyorlash vaqti qisqaradi.
Pastroq quvvat darajasini tanlasangiz, tayyorlash vaqti uzayadi.
User_MS23A7118AW_BW_DE68-04660D-00_UZ_210202.indd 17User_MS23A7118AW_BW_DE68-04660D-00_UZ_210202.indd 17 2/3/2021 5:55:15 PM2/3/2021 5:55:15 PM

Содержание

Скачать
Случайные обсуждения