Samsung MS23A7118AK [179/192] Isitish

Samsung MS23A7118AK [179/192] Isitish
O'zbek 35
Taom tayyorlash bo'yicha yo'riqnoma
Isitish
Mikroto'lqinli pechda taomlarni oddiy duxovka yoki oshxona pechiga qaraganda anchagina tezroq isitish mumkin.
Keyingi betdagi jadvalda keltirilgan quvvat darajalari va isitish vaqt oraliqlariga amal qiling. Vaqt oraliqlari taxminan
+18 °C dan +20 °C gacha bo'lgan xona haroratiga ega bo'lgan suyuqliklar va harorati taxminan +5 °C dan +7 °C
gacha bo'lgan sovutilgan mahsulotlar uchun ko'rsatilgan.
Taomlarni joylashtirish va qopqoqdan foydalanish
Yirik ovqatlarni, masalan, go'sht bo'laklarini isitmaslikka harakat qiling– ularni uzoq vaqt isitishga to'g'ri keladi va
chetlari haddan tashqari quruqlashadi. Kichkina bo'laklar anchagina yaxshi isiydi.
Quvvat darajalari va aralashtirish
Ayrim mahsulotlarni 800 Vt quvvatda isitish mumkin bo'lsa, boshqalarini 600 Vt, 450 Vt va hattoki 300 Vt quvvatda
isitish kerak bo'ladi.
Qo'shimcha ko'rsatma olish uchun jadvalga qarang. Umuman olganda kamroq quvvatda juda tez isiydigan tansiq
taomlar, katta miqdorsdagi taomlar va ovqatlarini isitish qulay (masalan, shirin piroglar).
Yaxshi natija olish uchun taomni isitish paytida aralashtirib turing yoki ag'daring. Iloji bo'lsa, dasturxonga tortishdan
avval yana aralashtiring.
Suyuqliklar va bolalarning ovqatlarini isitishda ayniqsa ehtiyot bo'ling. Suyuqlikning qaynab ketishi va kuyib
qolishini oldini olish uchun isitish vaqtida va isitgandan keyin uni aralashtiring. Uni kutish vaqtida mikroto'lqinli
pechda qoldiring. Suyuqlikka plastmassa qoshiq yoki shisha tayoqchani solish tavsiya qilinadi. Ortiqcha qizib
ketishiga yo'l qo'ymang (bunda taom buzilishi mumkin).
Kamroq isitish vaqtini o'rnatish, keyin esa zarur bo'lgan hollarda vaqt qo'shish ma'qulroqdir.
Isitish va kutish vaqti
Mahsulotni ilk marta isitganda buning uchun qancha vaqt ketganligini yozib qo'ying va ushbu qiymatdan
keyinchalik foydalaning.
Taomning to'liq isiganligini albatta tekshiring.
Isitgandan keyin haroratning butun taom bo'ylab tenglashishi uchun biroz kuting.
Agar jadvalda boshqa qiymat ko'rsatilmagan bo'lsa, jadvalda boshqasi tavsiya qilinmagan bo'lsa, kutish vaqti 2-4
daqiqani tashkil qiladi.
Suyuqliklar va bolalarning ovqatini isitishda ayniqsa ehtiyot bo'ling. Yana "Ehtiyot choralari" bo'limiga qarang.
Guruch va makaron mahsulotlarini tayyorlash bo'yicha qo'llanma
Guruch: Qopqoqli issiqlikka chidamli shishadan qilingan katta kosadan foydalaning - tayyorlash
jarayonida guruchning hajmi ikki marta ortadi. Yopilgan holda pishiring.
Tayyorlash nihoyasiga yetishi bilan kutishdan avval guruchni aralashtiring va tuz yoki o'tlar va
yog' qo'shing.
Eslatma: tayyorlash vaqti tugaganida guruch suvni to‘liq shimib olmagan bo'lishi mumkin.
Makaron: Qopqoqli issiqlikka chidamli shishadan qilingan katta kosadan foydalaning. Qaynoq suv, bir
chimdim tuz qo'shing va yaxshilab aralashtiring. Qopqog'ini yopmasdan tayyorlang.
Pishirish vaqti va undan keyin vaqti-vaqti bilan aralashtirib turing. Kutib turish vaqtida qopqoq
bilan yoping, keyin suvini qoldirmasdan to'kib tashlang.
Oziq-ovqat Porsiya hajmi Quvvat Vaqt (daq.)
Oq guruch
(bug'langan)
250 g 800 Vt 16-17
Ko'rsatmalar
500 ml sovuq suv qo‘shing. 5 daqiqa kuting.
Jigarrang guruch
(bug'langan)
250 g 800 Vt 21-22
Ko'rsatmalar
500 ml sovuq suv qo‘shing. 5 daqiqa kuting.
Guruch aralashmasi
(guruch + kanada
guruchi)
250 g 800 Vt 17-18
Ko'rsatmalar
500 ml sovuq suv qo‘shing. 5 daqiqa kuting.
Aralash don
(guruch + yorma)
250 g 800 Vt 18-19
Ko'rsatmalar
400 ml sovuq suv qo‘shing. 5 daqiqa kuting.
Makaron 250 g 800 Vt 11-12
Ko'rsatmalar
1000 ml issiq suv qo'shing. 5 daqiqa kuting.
User_MS23A7118AW_BW_DE68-04660D-00_UZ_210202.indd 35User_MS23A7118AW_BW_DE68-04660D-00_UZ_210202.indd 35 2/3/2021 5:55:19 PM2/3/2021 5:55:19 PM

Содержание

Скачать
Случайные обсуждения